Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Toshkentda O'zbekiston va Turkiya tashqi ishlar, ichki ishlar vazirlari hamda razvedka xizmati rahbarlarining birinchi qo'shma uchrashuvi bo'lib o'tdi


Toshkentda O'zbekiston va Turkiya tashqi ishlar, ichki ishlar vazirlari hamda razvedka xizmati rahbarlarining birinchi qo'shma uchrashuvi bo'lib o'tdi

TOSHKENT, 13-sentabr. /"Dunyo" AA/. Kecha O'zbekiston va Turkiya tashqi siyosat, huquq-tartibot idoralari hamda razvedka xizmati rahbarlarining birinchi qo'shma uchrashuvi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun O'zbekiston va Turkiya vazirlarining 3+3 shaklidagi birinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Bu O'zbekiston–Turkiya hamkorligi mustahkamlanganidan dalolat beradi va qardoshlik aloqalarining jadal rivojlanishi uchun muhim asos bo'lib xizmat qiladi. Ikki tomonlama aloqalarning ustuvor yo'nalishlari, mintaqaviy va global chaqiriqlar, tahdidlarga qarshi samarali kurashish yo'llari va boshqa ko'plab mavzularni muhokama qildik. Ushbu formatni davom ettirish va kengaytirish bo'yicha kelishuvga erishildi".