Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston TIV rahbari Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig'ilishida ishtirok etdi


O'zbekiston TIV rahbari Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig'ilishida ishtirok etdi

TOSHKENT, 26-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig'ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.  

"Ozarbayjonlik, qozog'istonlik, qirg'izistonlik va turkiyalik hamkasblarimiz bilan birgalikda Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig'ilishini o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Biz avvalgi sammitlar davomida erishilgan barcha kelishuvlarni ro'yobga chiqarish, bo'lajak tadbirlarga tayyorgarlik, shuningdek, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb mavzularni muhokama qildik".