Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Joriy oktabr oyida Toshkent va Xiva shaharlarida "Islom – ezgulik va tinchlik dini" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tadi


Joriy oktabr oyida Toshkent va Xiva shaharlarida "Islom – ezgulik va tinchlik dini" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tadi

TOSHKENT, 4-oktabr. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 15-16-oktabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlari "Islom – ezgulik va tinchlik dini" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Tashkilotchilar ma'lumotiga ko'ra, mazkur anjumanda islomshunos olimlar, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar, yurtimizning ko'zga ko'ringan ilm-fan arboblari bilan bir qatorda dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 80 dan ortiq ulamolar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Konferensiya ishi musulmon mamlakatlari, AQSh, Yevropa, Turkiya va boshqa davlatlarning nufuzli nashrlarida orqali keng yoritib boriladi.