Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Yevropaning bir qator davlatlarining elchilari bilan uchrashdi


Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Yevropaning bir qator davlatlarining elchilari bilan uchrashdi

TOSHKENT, 8-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Muzaffar Madrahimov bugun Yevropa davlatlarining qator elchilari bilan alohida uchrashuvlar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, elchilar Toyvo Klaar (Yevropa Ittifoqi), Oreliya Bushez (Fransiya), Lyubomir Frebort (Chexiya), Olgan Bekar (Turkiya), Manfred Xuterer (Germaniya) hamda Daniel Chobanu (Ruminiya) bilan alohida uchrashuvlar va muzokaralar o'tkazildi.

 

Muzokaralarda ikki va ko'p tomonlama hamkorlik kun tartibidan o'rin egallagan muhim masalalar muhokama qilindi. Hamkorlik va sheriklik munosabatlarini yana-da kengaytirish yuzasidan fikr almashildi. Bo'lajak qo'shma tadbirlar rejalari ham ko'rib chiqildi.