Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston TIV rahbarining maslahatchisi Turkiya elchisi va TIKA vakili bilan mamlakatimizda qo'shma loyihalarni amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlarini muhokama qildi


O'zbekiston TIV rahbarining maslahatchisi Turkiya elchisi va TIKA vakili bilan mamlakatimizda qo'shma loyihalarni amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlarini muhokama qildi

TOSHKENT, 21-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Munira Aminova kecha Turkiya elchisi Olgan Bekar hamda Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Ali Riza Tezjan bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat davomida O'zbekistonda turk grantlari va moliyaviy-texnik ko'makni jalb qilish orqali qo'shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Tomonlar TIKA va Turkiya Fanlar akademiyasi (TÜBA), Turkiya Ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi Kosmik texnologiyalar tadqiqot instituti (TÜBİTAK) kabi turk institutlari hamda O'zbekistonda mavjud yirik kompaniyalar bilan hamkorlikni faollashtirish muhimligini qayd etdilar.

 

Loyihani amalga oshirishda sog'liqni saqlash, ta'lim, qishloq xo'jaligi, O'zbekistonning madaniy va moddiy merosini asrab-avaylash va boshqa muhim sohalarga ustuvor ahamiyat berilishi ko'zda tutilgan.

 

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va o'zaro manfaatli tashabbuslarni amalga oshirishni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar