Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston Prezidenti Turkiya Prezidentiga Bolu muzofotida yuz bergan yong'in oqibatida insonlar qurbon bo'lgani va jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi


Turkiyaning Bolu muzofotidagi tog'-chang'i kurortida yuz bergan kuchli yong'in oqibatida ko'plab insonlar qurbon bo'lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anga hamdardlik yo'lladi.

"Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur ta'ziya izhor etib, davlatimiz rahbari marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jabrlanganlar tez fursatda sog'ayib ketishini tiladi" – deb yozdi O'zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov o'zining telegram-kanalida.

Turkiya Prezidenti Bolu muzofotidagi yong'in oqibatida yuz bergan fojia munosabati bilan bir kunlik milliy motam e'lon qildi. 22 yanvar kuni Turkiyadagi va xorijiy vakolatxonalardagi davlat bayroqlari yarmigacha tushiriladi. Turkiya davlati rahbari halok bo'lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirib, yong'inda jarohat olganlarning tezroq sog'ayib ketishini tiladi. Prezident barcha aybdorlar qonun oldida javobgarlikka tortilishiga ishontirdi.