O'zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 30 yilligini nishonlash bo'yicha chora-tadbirlar dasturini imzoladilar
TOSHKENT, 29-yanvar. /"Dunyo" AA/. Turkiyaga tashrif buyurgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"2025-yilda O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilganiga 30 yil to'ladi, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Bugun xalqlarimiz har qachongidan ham yaqinroqdir. Biz munosabatlarimizda ittifoqchilik darajasiga yetdik. Bugun Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov janoblari bilan birgalikda diplomatik munosabatlarning o'ttiz yilligini nishonlash bo'yicha chora-tadbirlar dasturini imzoladik. Shuningdek, hamkorlikning eng dolzarb mavzulari va 2025 yilga mo'ljallangan rejalar bo'yicha fikr almashdik".
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasida diplomatik munosabatlar 1995-yil 2-oktyabrda o'rnatilgan.