Turkiya Prezidenti bilan uchrashuv
TOSHKENT, 29-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya delegatsiyalari bugun Prezident Rejep Tayyip Erdog'an tomonidan qabul qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimizdan xursandmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining eng samimiy salomlari va maktubini yetkazdik. Rahbarlarimiz o'rtasida o'rnatilgan birodarlik rishtalari har bir sohada yaqin hamkorlik qilish uchun eng mustahkam poydevor yaratmoqda. Ming yillik tarix, an'ana va urf-odatlar bilan bog'liq bo'lgan xalqlarimiz farovon kelajakni barpo etish yo'lida bir-biri bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda".