Anqarada O'zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya vazirlarining ikkinchi uch tomonlama uchrashuvi bo'lib o'tdi
TOSHKENT, 30-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston delegatsiyasi kecha Ozarbayjon va Turkiya vazirlari bilan birgalikda ikkinchi uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Tashqi ishlar, savdo, iqtisodiyot va transportga mas'ul vazirlar bilan birgalikda 2-uch tomonlama uchrashuvni muvaffaqiyatli o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov o'zining telegram-kanalida. – Samarali diplomatiya, dinamik sarmoyaviy hamkorlik, savdo hajmini oshirish va aloqalarni kengaytirish orqali uch qardosh xalqlar nafaqat o'zlari, balki vakillik qilayotgan mintaqalar uchun ham foyda keltiradi.
Muhokamalarimiz keng qamrovli bo'lib, eng dolzarb masalalarni hal etish va mamlakatlarimiz uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish bilan birga turli to'siqlarni bartaraf etish bo'yicha aniq qadamlarni belgilab berdi. Uchrashuvimizning asosiy natijasi xalqlarimizning barqaror rivojlanishi uchun do'stligimiz va hamkorligimizni mustahkamlash yo'lidagi muhim qadam bo'lgan Anqara deklaratsiyasining imzolanishi bo'ldi".