Turkiya elchisi O'zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayapti
TOSHKENT, 8-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Turkiya elchisi Olgan Bekarni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Turkiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar janoblari bilan uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Rahbarlarimiz o'rtasida o'rnatilgan birodarlik rishtalari har bir sohada yaqin hamkorlik uchun eng mustahkam poydevor yaratmoqda. O'zbekiston–Turkiya qardoshlik munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qo'shgan janob Elchiga samimiy minnatdorligimizni bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
Eslatib o'tamiz, Olgan Bekar 2021-yil 5-mart kuni O'zbekiston TIVga Turkiyaning mamlakatimizdagi elchisi sifatidagi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi.