Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Xorazm viloyatida Turkiya investitsiyalari ishtirokida yangi qo'shma loyihalar amalga oshiriladi


Xorazm viloyatida Turkiya investitsiyalari ishtirokida yangi qo'shma loyihalar amalga oshiriladi

ANQARA, 24-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida Xorazm viloyati hokimligi va Turkiya Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi mutasaddilari o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Vebinarda Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashining Turkiya-O'zbekiston qo'mitasi raisi Ozgur Onur Ozgyuven, Xorazm viloyati hokimi o'rinbosari Anvar Davletov, O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktori Mansur Rasulev, shuningdek ikki mamlakat diplomatlari, Xorazm viloyatida faoliyat olib borayotgan turkiyalik investorlar qatnashdi.

 

Xorazm viloyati hokimining o'rinbosari Anvar Davletov tadbir avvalida Xorazm viloyatining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm jabhalaridagi salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazdi.

Hududning avtomobilsozlik, to'qimachilik, ipakchilik va oziq-ovqat sanoati hamda "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonasi haqida Turkiya tomoniga batafsil ma'lumot berildi.

 

Vebinarning turkiyalik ishtirokchilari Xorazm viloyatida energetika, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligi sohalarida qo'shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.

 

Onlayn uchrashuv davomida Turkiya tomonini qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.