Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Jiddadagi uchrashuvda ikki davlat rahbarlari o'rtasida imzolangan barcha kelishuvlarni o'z vaqtida amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar


O'zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Jiddadagi uchrashuvda ikki davlat rahbarlari o'rtasida imzolangan barcha kelishuvlarni o'z vaqtida amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 8-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jidda shahrida Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Hamkasbim Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan janoblari bilan birga muntazam muloqotlar va almashinuvlar mamlakatlarimiz o'rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashini qayd etdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. –Rahbarlarimiz o'rtasida imzolangan barcha kelishuvlarni o'z vaqtida amalga oshirish, IV Oliy darajadagi strategik kengashni Toshkent shahrida o'tkazish, Imtiyozli savdo to'g'risidagi shartnomamizni yangilash va boshqa masalalarni muhokama qildik".