Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Yetakchilar "Boqiy shahar" majmuasida bo‘ldilar


Yetakchilar "Boqiy shahar" majmuasida bo‘ldilar
 

 23.04.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda "Silk Road Samarkand" xalqaro turizm markazidagi "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik bog‘i hududida tashkil etilgan madaniy tadbirlarda ishtirok etdilar.

Oliy martabali mehmon xalqimizning boy madaniy merosini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, hunarmandchilik va amaliy san’at namunalari bilan tanishdi. Raqs jamoalarining chiqishlaridan iborat madaniy dastur namoyish etildi.