Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

“Tabiiy va aniq fanlarni o‘qitishda milliy va xalqaro tajribalar: yutuqlar, muhokamalar va yechimlar” nomli onlayn xalqaro ilmiy-amaliy anjuman


“Tabiiy va aniq fanlarni o‘qitishda milliy va xalqaro tajribalar: yutuqlar, muhokamalar va yechimlar” nomli onlayn xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning
AXBOROT XATI

Asos: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha 2025-yil 5-fevraldagi nazorat rejasi.

Anjumanning maqsadi: Matematika, fizika, biologiya, kimyo kabi fanlardan dars beruvchi xorijdagi vatandosh o‘qituvchilarimiz va yurtimizdagi o‘qituvchi-pedagoglarning mazkur fanlarni o‘qitishda zamonaviy fan yutuqlaridan foydalanish va ommalashtirishda o‘zaro hamkorlik masalalarini o‘rganish, tajriba almashish mexanizmlarini joriy etish va tizimli tashkil etishdan iborat.

Anjuman vazifalari:

Anjumanda ishtirok etadigan matematika, fizika, biologiya, kimyo kabi fanlardan dars beruvchi vatandosh o‘qituvchilar, yurtimiz va xorijdagi vatandosh olimlar, tadqiqotchilar va amaliyotchilar o‘rtasida tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, o‘qitish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;

Anjuman natijalari orqali fanlarni o‘qitishda ilg‘or yondashuvlarni joriy qilish, zamonaviy ta‘lim standartlariga moslashish hamda zamon talablariga javob beradigan bilimli, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish.

Anjumanning ilmiy yo‘nalishlari

  1. yo‘nalish. Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda ilg‘or xorijiy tajribalar va ularning qiyosiy tahlili.
  2. yo‘nalish. Xorijda va mamlakatimizda aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy ta‘lim vositalari va ulardan foydalanish samaradorligi.
  3. yo‘nalish. Maktablarda zamonaviy matematika fani va uning rivoji.
  4. yo‘nalish. Raqamli texnologiyalar va sun‘iy intellekt vositasida tabiiy fanlarni o‘qitish sifatini takomillashtirish masalalari

Anjuman o‘tkazilish joyi va vaqti:

Sana: 2025-yil 8-avgust kuni soat 10:00 da.

Joyi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.

Anjuman o‘tkazish tartibi: Onlayn (zoom ilova taqdim etiladi).

Manzil: Ziyo ko‘chasi 3, 100057, Toshkent.

Anjumanga maqolalar qabulining so‘nggi kuni: 2025-yil 20-iyul.

Anjuman tili: o‘zbek, rus, ingliz.

Ro‘yxatdan o‘tish va anjuman materiallarini taqdim etish:

Anjumanda ishtirok etish uchun maqolalar 2025-yil 20-iyulga qadar Барно Х,акимова orqali qabul qilinadi. +998935673667, @Barnosha_girl

Xorijlik mualliflar maqolalari bhakimova26@gmail.com elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

Maqola va tezis materiallari bepul qabul qilinadi.

Anjuman materiallariga qo‘yiladigan talablar

  •  Maqolada ko‘tarilgan muammolarning mazmuni, tadqiqot uslubining tavsifi, muallif tomonidan olingan natijalar, ma‘lumotlar hamda xulosalar qisqa va aniq bo‘lishi kerak.

Rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:

  •  Annotatsiya va kalit so‘zlar ko‘rsatib o‘tilishi lozim (uch tilda);
  •  Maqola matnlari A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega bodishi kerak;

Maqola matni Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 12 odcham, 1,15 intervalda va 3-6 betdan iborat bo‘lishi lozim.

Anjuman materiallarining indekslanishi

Konferensiyaga qabul qilingan har bir maqola Polshaning Index Copernicus, Yevropaning Zenodo va Open Aire xalqaro bazalariga, ilmiyanjumanlar.uz platformasiga joylashtiriladi hamda Google scholar xalqaro qidiruv tizimida indekslanadi.

Har bir maqola uchun alohida DOI raqam olinadi.

Har bir muallifga elektron shaklda sertifikat, indekslanganlik madumotnomasi, indekslangan maqolaning pdf varianti taqdim etiladi. Konferensiya materiallari to‘plam holatda elektron nashr etiladi.

Tashkiliy qo‘ıııita manzili:

Manzil: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti binosi, Toshkent shahri, Olmazor tumani Ziyo ko‘chasi, 5-uy.

Anjuman o‘tkazilish manzili: Ziyo ko‘chasi 5, 100057, Toshkent.

 

Anjuman ishtirokchisi talabnomasi

1

Muallif (lar) ning familiyasi, ismi, otasining ismi

 

2

Lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni

 

3

Ish/ o‘qish joyi muassasaning to‘liq nomi, qisqartirishlarsiz), shahar

 

4.

Davlat/ mamlakat (aniq ko‘rsatilishi lozim)

 

4

Maqola mavzusi

 

5

Muallifning E-maili

 

6

Muallifning telefon raqami