O'zbekiston har doim mintaqadagi barcha tomonlarni o'zaro muzokaralar orqali tinchlik yo'lida harakat qilishga chaqirib kelgan
TOSHKENT, 22-iyun. /"Dunyo" AA/. "Yaqin Sharqdagi vaziyatning shiddat bilan keskinlashayotgani bizda chuqur xavotir uyg'otmoqda. O'zbekiston doimo mintaqadagi barcha tomonlarni o'zaro muzokaralar orqali tinchlik yo'lida harakat qilishga chaqirib kelgan", – deb ta'kidlangan mamlakatimiz Tashqi ishlar vazirligi Мatbuot xizmati murojaatida.

Shu munosabat bilan, O'zbekiston fuqarolaridan Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilishni, ushbu mamlakatlarda bo'lgan fuqarolarimizdan esa imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketishlarini so'raymiz.
"Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida zarur choralar ko'rilmoqda, fuqarolarimizdan hushyorlikni saqlashni va rasmiy e'lonlarni kuzatib borishni iltimos qilamiz", – deya qayd etadi O'zbekiston TIV Мatbuot kotibi Axror Burxanov.