Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va TURKSOY o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va TURKSOY o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

TOSHKENT, 24-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda TURKSOY bosh kotibi Sultan Rayev, Ilmiy kengash a'zolari, ishchi guruh rahbarlari, xalqaro hamkor mutaxassislar ishtirok etdi.

 

O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo'lib o'tgan Ilmiy kengashning navbatdagi yig'ilishida muzey ekspozitsiyasini boyitish, loyihalarni ilmiy, ma'rifiy va texnologik jihatdan takomillashtirishga qaratilgan ishlar, kutubxona fondini shakllantirish hamda Markazning ochilish marosimini yuqori saviyada tashkil etish kabi 10 ga yaqin ustuvor masalalar ijrosi tahliliy ko'rib chiqildi.

 

Shuningdek, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY va O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.