
Hurmatli fuqarolar!
Fuqarolarimizga qulaylik yaratish, konsullik xizmatlaridan tezkor va masofadan turib foydalanish imkoniyatini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan rasmiy mobil ilova ishga tushirildi.
Mazkur ilova xorijda istiqomat qilayotgan, xorijga safar qilishni rejalashtirayotgan hamda konsullik masalalari bo‘yicha ma’lumot olishni istagan fuqarolarimiz uchun zamonaviy va qulay yechim hisoblanadi.
Ilovaning asosiy imkoniyatlari:
O‘zbekistonning xorijdagi elchixona va konsullik muassasalari manzillari, geolokatsiyasi va aloqa ma’lumotlarini topish;
Qaysi davlat yoki hudud qaysi konsullik muassasasi tomonidan xizmat ko‘rsatilishini aniqlash;
Masofadan turib quyidagi konsullik xizmatlariga murojaat yuborish:
1. Vatanga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish;
2. Vaqtinchalik va doimiy konsullik hisobiga turish.
Kelgusida ko’rsatiladigan konsullik xizmatlari ro’yxati bosqichma-bosqich kengaytiriladi.
Ariza va anketa ma’lumotlarining katta qismini avtomatik to‘ldirish orqali vaqtni tejash;
Xorijiy davlatlarning viza talablari bo‘yicha ma’lumotlardan foydalanish (test rejimida).
Ilovani bepul yuklab oling:
Google Play (Android): https://play.google.com/store/apps/details?id=consular_services_uzb.org&hl=ru

App Store (iOS): https://apps.apple.com/us/developer/mfa-uz/id1818537775

Zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida konsullik xizmatlaridan xavfsiz, tez va qulay foydalaning!
O‘zbekiston fuqarolari uchun – har doim yaqin va qulay xizmat.
Aloqa uchun: +908503059548
Veb-sayt: uzembassy.org.tr
Telegram bot: @ankaraconsul
Manzil: Sancak, 549. Sk. No:3, 06550 Çankaya / Ankara