Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekistonda davlat granti asosida tahsil oling!



«Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti iqtidorli xorijiy abituriyentlarni Hukumat stipendiyasi (granti) dasturi orqali oliy ta'lim olishga taklif etadi.

Dastur o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
O‘quv shartnomasi pulini to‘liq qoplash
Aviachipta xarajatlarini
Turar joyni
O‘zbekistonning qadimiy shaharlariga ta'limiy ekskursiyalarni

Stipendiya afzalliklari:
Oylik stipendiya – 500 AQSh dollari
Bir martalik ikki tomonlama aviachipta (ekonom-klass)
Turar joy xarajatlari uchun to‘lov – oyiga 100 AQSh dollari
Har yili O‘zbekiston bo‘ylab ta'lim sayohati – 200 AQSh dollari

Agar siz turizm, madaniy meros, mehmondo‘stlik yoki barqaror rivojlanish sohalariga qiziqsangiz, bu Ipak yo‘lining qoq markazida xalqaro darajadagi ta'lim olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Qo‘llanmani yuklab olish
Hoziroq ariza topshiring: https://admissions.univ-silkroad.uz
Qo‘shimcha ma'lumot uchun: admission@univ-silkroad.uz / uzpractice@gmail.com

O‘zbekistonni kashf eting. Kelajagingizni quring. «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga qo‘shiling!