Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Hindiston Bosh vaziri "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tashrif buyurdi



29.08.2026

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tashrif buyurdi.

An’anaga ko‘ra, oliy martabali mehmon Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Majmua bilan qisqacha tanishuv davomida ushbu me’moriy ansamblning mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berildi.