Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

DIQQAT, HURMATLI FUQAROLAR!



O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlari hamda Konsullik bo‘limining xizmat safari munosabati bilan fuqarolar qabuli va konsullik xizmatlari ko‘rsatishda vaqtinchalik o‘zgarishlar bo‘lishini ma’lum qilamiz.

- 29 avgust – 1 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasining Anqara shahridagi Elchixonasi Konsullik bo‘limida fuqarolar qabuli amalga oshirilmaydi va konsullik xizmatlari vaqtincha ko‘rsatilmaydi.

- 2–4 sentyabr kunlari - Konsullik bo‘limi xodimlarining Turkiyaning boshqa shahriga xizmat safari munosabati bilan Konsullik bo‘limi faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

Konsullik bo‘limi 7 sentyabr, dushanba kunidan boshlab odatdagi ish tartibida o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Shu munosabat bilan, konsullik xizmatlaridan foydalanishni rejalashtirayotgan fuqarolardan yuqoridagi sanalarni inobatga olgan holda o‘z murojaatlari, hujjat topshirish va boshqa konsullik masalalari bo‘yicha tashriflarini 7 sentyabrdan keyingi kunlarga rejalashtirishlarini so‘raymiz.

Keltirilgan sanalar davomida konsullik xizmatlarini olish bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish imkoniyati mavjud bo‘lmasligini inobatga olishingizni so‘raymiz.
Fuqarolarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz hamda tushunganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz.

Telefon: +908503059548
Veb-sayt: uzembassy.org.tr
Telegram bot: @ankaraconsul
Manzil: Sancak, 549. Sk. No:3, 06550 Çankaya / Ankara