Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Davlatimiz rahbari “Shinhan Financial Group” kompaniyasi raisi bilan uchrashuv oʻtkazdi



15.09.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahriga tashrifi doirasida “Shinhan Financial Group” kompaniyasi raisi Chjin Ok Donni qabul qildi.

Uchrashuvda moliyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda infratuzilmani takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energetika va sanoat sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston tijorat banklariga kredit liniyalarini ajratish toʻgʻrisida kelishuv imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mamlakatimizda “Shinhan Bank”ning shuʼba bankini tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Yangi moliyalashtirish instrumentlari va “yashil” kreditlarni jalb etish hamda raqamli banking, kichik va oʻrta biznes uchun maxsus yechimlarni rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirildi.