Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Oliy darajadagi uchrashuv natijalari ikki tomonlama hujjatlar bilan mustahkamlandi



29.10.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Anqara shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yuqori darajadagi kengashni taʼsis etish toʻgʻrisidagi bitimni imzoladilar.

Bundan tashqari, koʻp qirrali va uzoq muddatli sheriklikning turli yoʻnalishlarini qamrab oluvchi ikki tomonlama hujjatlar toʻplami imzolandi. Xususan:

– Imtiyozli savdo bitimi doirasida tovarlar roʻyxatini kengaytirish toʻgʻrisidagi bayonnoma;

– Ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim va uni amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy bitim;

– 2022-yil 29-martda imzolangan davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining oʻtishi haqida oldindan axborot almashish toʻgʻrisidagi bayonnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qoʻshimcha bayonnoma.

Imzolangan hujjatlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, ishbilarmon doiralar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ikki mamlakat fuqarolarining ijtimoiy huquqlarini samarali himoya qilishga qaratilgan.