Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti O‘monga jo‘nab ketdi



16.11.2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning taklifiga binoan 16-noyabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Masqat shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki davlat delegatsiyalari va ishbilarmon doira vakillari ishtirokida bir qator qo‘shma tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjat va bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.