
23.11.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning taklifiga binoan 23-noyabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Tashrif dasturidan Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar oʻtkazish, Oʻzbekiston va Iordaniya ishbilarmon doiralarining biznes forumida qatnashish hamda boshqa qoʻshma tadbirlar oʻrin olgan.