Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston yangiliklari


Turkiyaning Antaliya shahrida "O'zbek tili bayrami kuni"ga bag'ishlangan mushoira tashkil etildi

ANQARA, 23-oktabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Antaliya, Mersin va qo'shni shaharlardagi vatandoshlar ishtirokida madaniy-ma'rifiy kecha tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.


Turkiyadagi yurtdoshlarimiz mamlakatimiz tinchligi va farovonligi uchun ovoz bermoqda

ANQARA, 19-oktabr. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 18-oktabr kuni mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasida huzuridagi 44-saylov uchastkasi tomonidan Antaliya shahrida O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.


Turkiyalik ekspertlar O'zbekiston parlamenti saylovi kampaniyasining borishi bilan tanishdilar

ANQARA, 15-oktabr. /"Dunyo" AA/. Turkiyaning nufuzli tahlil markazlaridan biri – "ANKASAM"da bo'lajak O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga bag'ishlangan davra suhbati tashkil etildi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.


Turkiyaning Istanbul shahrida ta'lim olayotgan va ishlayotgan yurtdoshlarimiz muammolari o'rganildi

ISTANBUL, 15-oktabr. /Dunyo AA/. Amaliy tashrif bilan Turkiyada bo'lib turgan O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Istanbul shahrida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.


Turkiyaning Karabyuk shahridagi yosh vatandoshlar ishtirokida O'zbekistonda kechayotgan islohotlarga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

ANQARA, 12-oktabr /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari Turkiyaning Karabyuk shahrida ta'lim olayotgan O'zbekiston yoshlari bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.


Turkiyadan munosabat: O'zbekiston MDHga a'zo barcha davlatlar bilan ko'p qirrali hamkorlikni jadal rivojlantirishga erishdi

ANQARA, 10-oktabr. /"Dunyo" AA/. Rossiya va MDH mamlakatlarini o'rganish instituti direktori Solih Yilmaz (Turkiya) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 7-8-oktabr kunlari Moskva shahrida bo'lib o'tgan MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:


O'zbekiston Prezidentining maxsus vakili va Turkiya elchisi Afg'oniston yo'nalishidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 8-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Turkiya elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.


Anqarada TDTga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari o'rinbosarlari darajasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning ikkinchi davrasi bo'lib o'tdi

ANQARA, 5-oktabr. /"Dunyo" AA/. Kecha Anqara shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari o'rinbosarlari darajasidagi ko'p tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning ikkinchi davrasi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.


Toshkent shahridagi "Oq uy" masjidi imom-xatibi Turkiyada tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi

ISTANBUL, 2-oktabr. /"Dunyo" AA/. Toshkent shahridagi "Oq uy" masjidi imom-xatibi Isroiljon Ismoiljonov boshchiligidagi delegatsiya amaliy safar bilan Turkiyaning Istanbul shahrida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.


Turkiyadan munosabat: O'zbekiston va Germaniya o'rtasidagi munosabatlar barcha yo'nalishlarda jadal rivojlanmoqda

ANQARA, 18-sentabr. /"Dunyo" AA/. "EkoAvrasya" Yevrosiyo iqtisodiy aloqalar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Hikmet Eren "Dunyo" AA uchun intervyusida Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning 15-16-sentabr kunlari O'zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi haqidagi fikrlarini bildirdi: