Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston yangiliklari


Turkiyaning Trabzon shahrida O'zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi

ANQARA, 12-sentabr. /"Dunyo" AA/. Shu yil 9-sentabr kuni Turkiyaning Trabzon shahrida O'zbekiston faxriy konsulxonasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.


Mehmet Jengiz: O'zbekiston xorijiy investitsiyalarimiz geografiyasining markaziga aylandi

ANQARA, 12-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning xalqaro hamkorlari orasida Turkiya alohida o'ringa ega. Madaniyat va til, ma’naviy qadriyatlar, o'zbek va turk xalqlari o'rtasidagi yaqin qardoshlik rishtalari hozirgi bosqichda samarali aloqalarni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilmoqda. Albatta, hamkorlikning asosiy yo'nalishlaridan biri — bu iqtisodiy yo'nalishdir. Turkiyalik investorlar ikki xalq ravnaqi va rivojlanishiga hissa qo'shish yo'lida O'zbekiston taraqqiyotiga salmoqli ulush qo'shmoqda.


Toshkentda O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi

TOSHKENT, 5-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Turkiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Nuh Yilmazni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.


Государственные служащие повышают квалификацию в Турции

В Стратегии «Узбекистан - 2030» определены задачи по созданию достойных условий для реализации потенциала каждого человека.


Anqara shahrida Alisher Navoiy haykali ochildi

ANQARA, 3-sentabr /"Dunyo" AA/. "Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida Turkiyada bo'lib o'tayotgan O'zbekiston mustaqilligining 33 yilligi tadbirlari doirasida Anqara shahri Kechio'ren tumanida buyuk ajdodimiz, so'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.


Turkiyada tutqunlikda ushlab turilgan vatandoshimiz qutqarildi

ISTANBUL, 29-avgust. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz diplomatlari ko'magida bir necha yildan beri Turkiyada qonunga xilof ravishda tutqunlikda ushlab turilgan yurtdoshimiz X.D. qutqarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.


Turkiyadan munosabat: O'zbekiston va Ozarbayjon ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqladi

ANQARA, 26-avgust. /"Dunyo" AA/. "SASAM" Strategik tadqiqotlar markazi direktori, Turkiya Buyuk Millat Majlisining (Parlamenti) mudofaa va xavfsizlik bo'yicha eksperti Mesut Emre Karakose "Dunyo" AA uchun intervyusida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning 22-23-avgust kunlari O'zbekistonga buyurgan davlat tashrifi yakunlari haqidagi fikrlarini bildirdi:


Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi Turkiya tibbiyot fanlari universiteti fakulteti talabalari uchun Anqarada yozgi amaliyot kurslari tashkil etildi

ANQARA, 25-avgust. /"Dunyo" AA/. Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi Turkiya tibbiyot fanlari universiteti fakultetining bir guruh talabalari Anqara shahrida malaka oshirish va yozgi amaliyot kurslarini muvaffaqiyatli yakunladi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.


Anqaradan munosabat: O'zbekiston yetakchisining sa'y-harakatlari tufayli Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi

ANQARA, 12-avgust. /"Dunyo" AA/. Turkiya Buyuk Millat Majlisining (Parlamenti) mudofaa va xavfsizlik bo'yicha eksperti Mesut Emre Karakose "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 9-avgust kuni Ostona shahrida (Qozog'iston) bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:


Anqaradan munosabat: Ostonaga tashrif davomida erishilgan kelishuv va imzolangan hujjatlar O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi

ANQARA, 12-avgust. /"Dunyo" AA/. Strategik tadqiqotlar va rivojlanish assotsiatsiyasi bosh kotibi Yunus Emre Kanat (Turkiya) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog'istonga buyurgan davlat tashrifi yakunlari haqidagi fikrlarini bildirdi: