Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari tashqi siyosat idoralari ikki davlat o'rtasidagi mustahkam kelishuvlar paketini amalga oshirish yo'lida lokomotiv bo'lib xizmat qilishini qayd etdilar


O'zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari tashqi siyosat idoralari ikki davlat o'rtasidagi mustahkam kelishuvlar paketini amalga oshirish yo'lida lokomotiv bo'lib xizmat qilishini qayd etdilar

TOSHKENT, 12-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun Toshkentda Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan janoblari bilan samarali va samimiy uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – O'zbekiston ham, Turkiya ham o'z xalqlari uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishga qaratilgan juda muhim islohotlarni amalga oshirayotgani alohida ta'kidlandi. Bizning keng qamrovli strategik hamkorligimiz istisnosiz barcha sohalarda kuchli o'sish tendensiyalarini namoyish etmoqda. Ikki tomonlama munosabatlarni yanada boyitish yo'llarining amaliy jihatlarini muhokama qildik. Iqtisodiy hamkorlik, savdo aylanmasini oshirish, xalq diplomatiyasi, akademik almashinuvlar, xalqaro hamkorlik va boshqa ko'plab mavzular kun tartibimizdan joy oldi. Tashqi siyosat idoralari mamlakatlarimiz o'rtasidagi mustahkam kelishuvlar paketini amalga oshirish yo'lida lokomotiv bo'lib xizmat qiladi".

 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Prezidentining 6-7-iyun kunlari Turkiyaga rasmiy tashrifi chog'ida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, mamlakat tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalindan iborat Turkiya delegatsiyasi Toshkentga keldi.