Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiya O'zbekistonga yangi elchi tayinladi


Turkiya O'zbekistonga yangi elchi tayinladi

TOSHKENT, 27-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Turkiyaning yangi tayinlangan elchisi Ufuk Ulutashni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Turkiyaning O'zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Ufuk Ulutash janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – O'zbekiston-Turkiya nafaqat ikki tomonlama sherikchilik darajasida, balki mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishda ham faol davom etmoqda. Ishonchimiz komilki, birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz har ikki mamlakat ravnaqi va taraqqiyotiga xizmat qiladi. Janob Elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabriklaymiz va diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

 

Eslatib o'tamiz, Ufuk Ulutash 2021–2025-yillarda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Olgan Bekar o'rniga tayinlandi.

 

"Dunyo" AA olgan surat