Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Chet el fuqarolari diqqatiga: O'zbek tili bo'yicha xalqaro standartdagi sertifikatni onlayn olish imkoniyati mavjud



O'zbekistonda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar uchun CEFR xalqaro mezonlari asosida o'zbek tilini bilish darajasini aniqlash tizimi amalda qo'llanilmoqda.

Hozirda talabgorlar A1, A2 va B1 darajalari bo'yicha onlayn imtihon topshirib, rasmiy malaka sertifikatini olishlari mumkin. B2, C1 va C2 darajalari bo'yicha sertifikatlash 2027-yildan boshlab joriy etiladi.

Imtihonlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tinglab tushunish, o'qish, yozish va gapirish ko'nikmalari asosida onlayn shaklda o'tkaziladi.

Shuningdek, kamida B1 darajadagi sertifikatga ega bo'lgan chet el fuqarolari O'zbekiston fuqaroligiga qabul qilish jarayonida davlat tilini bilish imtihonidan ozod etiladi. 

https://www.lex.uz/ru/docs/8022549?utm