YXHT Bosh kotibi bilan uchrashuv to’g’risida
2022-yil 11-mart kuni Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadigan ikkinchi diplomatik forumda ishtirok etish uchun Turkiyaga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Helga Shmid bilan uchrashdi.